Farg‘onadagi portlashda uch nafar hindistonlik jarohatlandi
11 mart kuni Farg‘ona shahridagi yashash xonadonida gaz portladi, oqibatda uch nafar Hindiston fuqarosi jarohat oldi, deb xabar bermoqda «Gazeta.uz».
Ular turli darajadagi termik kuyishlar olgan va shifoxonaga yotqizilgan.
Ikki nafari 2001 yil va bir nafari 2003 yilda tug‘ilgan jabrlanuvchilar Farg‘ona tibbiyot institutida o‘qib, Sharq ko‘chasidagi hovlida ijara asosida yashayotgan bo‘lgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq Olmaliqda hindistonlik ishchilarni tom bosib qolishi oqibatida uch nafari voqea joyida vafot etgan, 29 nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter