Farg‘onada to‘pponcha sotmoqchi bo‘lgan otaxon qo‘lga olindi
Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon shahrida istiqomat qiluvchi X.X. ismli nafaqa yoshidagi fuqaro o‘qotar qurol sotayotganida huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi, deya yozmoqda «Postda.uz».
Ashyoviy dalil tariqasida olingan o‘qotar qurol ballistik ekspertizadan o‘tkazilganida, u «Makarov» to‘pponchasi ekanligi va ishlatishga yaroqliligi, jangovar holatdaligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, sotilayotgan to‘pponchaning bir dona jangovar patroni ham ham mavjud bo‘lgan.
Mazkur voqeadan so‘ng otaxon yashayotgan xonadonda yana boshqa qurol saqlanayotgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinib, uning uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, ko‘p miqdorda giyohvand moddalar borligi oydinlashdi.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter