Farg‘onada pulga xo‘roz urishtirganlar ushlandi
17 iyunm kuni tuman Farg‘ona tumani Qurilish MFY hududida yashovchi Q.A. yashash uyi hovlisida xo‘roz o‘yini uchun maxsus joy tashkil etgan.
Aniqlanishicha, u yerda fuqarolar F.S. va R.Sh.ni 1 000 000 so‘mdan pul tikib, xo‘rozlarni urishtirishgan. Xo‘roz o‘yini uchun tikilgan jami 5 205 000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Q.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (qimorxona tashkil etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda o‘tkazish)da ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs yetti yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter