Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘qishga kirish uchun 5 ming dollar: Farg‘onada navbatdagi qing‘irlik aniqlandi

O‘qishga kirish uchun 5 ming dollar: Farg‘onada navbatdagi qing‘irlik aniqlandi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beshariq tuman bo‘limi hamda IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqaro Sh.T. fuqaro N.U.ning ishonchiga kirib, uni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Qo‘qon Davlat pedagogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sh.T.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shuningdek, departamentning Yunusobod tuman bo‘limi tomonidan Davlat test markazining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda fuqarolar S.A., F.Yu. va X.A.lar test sinovlari majmuasiga chet tili fani kiritilgan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan va sertifikatning muayyan darajalariga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtiyoz uchun www.abitur.dtm.uz sayti orqali chet el vakolatli xayriya organining O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tashkiloti sertifikatini qalbakilashtirib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga hujjat topshirganliklari aniqlangan.  

Mazkur holat yuzasidan S.A., F.Yu. va X.A.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 228-moddasi 1 va 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 

 

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring