Farg‘onada OITS yuqtirgan ayol fohishalik bilan shug‘ullanib yurgani aniqlandi
Yozyovon tumanida yashovchi M.A. ismli ayol yashash xonadonida g‘arazli va past niyatlarda erkak va M.X. ismli ayolning jinsiy ehtiyojlarini qondirishi uchun 150 000 so‘m pul evaziga sharoit yaratib bergan.
Ushbu holat Farg‘ona viloyati IIB JQB hamda Yozyovon tumani IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan IIB xodimlari tomonidan o‘rganish olib borilganida M.X. ismli ayol 2016 yildan buyon OITSga qarshi kurashish markazida D nazoratda bo‘lib, OIV infeksiyasiga chalinganini bilib turib, betartib jinsiy hayot kechirib yurgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan fuqaro M.A ga nisbatan Jinoyat kodeksining 131-moddasi 1-qismi bilan, M.Xga nisbatan esa 113-moddaning 4-qismi bilan ayb e’lon qilinib, M.X. protsessual tartibda ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda OITS yuqtirgan erkak jinsiy aloqa qilib yurgani aniqlangandi.
Toshkentda esa oliy ma’lumotli stomatolog OITS yuqtirib olganiga qaramay, odamlarni davolab yurgani aniqlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter