Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada karaoke kafesidagi yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi

Farg‘onada karaoke kafesidagi yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi

Bugun, 29-iyul kuni soat 11:39 da Farg‘ona shahrining «Mash’al» MFY Sayilgoh ko‘chasidagi 4 qavatli binoning yer to‘lasida joylashgan karaoke kafesida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 11:48 qurshab olingan va soat 11:56 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, yong‘in oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshirig‘iga asosan, sodir bo‘lgan voqeani o‘rganish va jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish maqsadida, Bosh vazirning o‘rinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Farg‘ona viloyatiga jo‘nab ketgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring