Farg‘onada fermer o‘zini o‘zi osdi. Fojia sabab(lar)i o‘rganilmoqda
Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida mahalliy fermer o‘zini o‘zi osgani haqida xabarlar tarqaldi.
Ayni xabarlar yuzasidan «Xabar.uz» so‘roviga javoban Bosh prokuratura matbuot xizmati voqelikni tasdiqladi.
Unga ko‘ra, joriy yilning 9-iyul kuni uchko‘priklik mahalliy fermer A. O. (1978-yilda tug‘ilgan) dala shiyponi to‘siniga arqondan sirtmoq yasab, o‘zini-o‘zi osishi natijasida vafot etgani rost. Tezkor-tergov guruhi tomonidan voqea joyi ko‘zdan kechirilganda (marhum o‘z joniga qasd qilishida foydalangan) arqon hamda «NOKIA 11-10» rusumli telefon apparati ashyoviy dalil tariqasida olingan.
Hodisa joyini ko‘zdan kechirishda ish uchun ahamiyatli bo‘lgan boshqa shubhali ashyo va buyumlar topilmagan.
Qo‘qon tumanlararo sud tibbiy ekspertiza punktining dastlabki xulosasida A.O. o‘limiga «Bo‘yin a’zolarini yarim qattiq jism bilan qisilib osilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiya» sabab bo‘lganligi ko‘rsatiladi.
Hozirda holat bo‘yicha tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari davom etmoqda.
Fermerning o‘limi bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlardan tarqalgan turli mazmundagi xabarlarga tergovga qadar tekshiruv jarayonida aniqlik kiritiladi va qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi, deyiladi mahkama matbuot xizmati ma’lumotida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter