Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada er ayolini qiynoqqa soldi

Farg‘onada er ayolini qiynoqqa soldi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida 7-may kuni erkak ayolini rashk sabab kaltakladi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, Ahillik ko‘chasida yashovchi fuqaro M.O. turmush o‘rtog‘i G.S.ni boshqa erkakdan rashk qilib, u bilan yaqin munosabatda bo‘lganini tan olishini so‘ragan.

G.S. boshqa erkak bilan gaplashmaganligini bildirishiga qaramasdan, M.O. tanasining turli joylariga urib, tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro G.S. shahar tez-tibbiy yordam ko‘rsatish markaziga murojaat qilgan.

Dastlabki ekspertiza ma’lumotnomasida fuqaro G.S.da «o‘ng ko‘z atrof qovoq, chakka, yanoq, chap ko‘z atrof qovoq yanoq, bo‘yin o‘ng yon yuzasidan o‘ng chakka suyak sohalarida, ko‘krak qafasi orqa yuzalarida, o‘ng va chap boldirida katta hajmdagi qon talashlari bo‘lib, yengil tan jarohati» tashxisi qo‘yilgan.

Mazkur holat yuzasidan Qo‘qon shahar ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 126 prim 1-moddasi 3-qismi (oilaviy zo‘ravonlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring