Farg‘onada bog‘cha binosidan jasad topildi
Joriy yilning 20 noyabr kuni soat 07:00larda Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanidagi «Qo‘rg‘oncha» mahallasi Paxtaobod ko‘chasida joylashgan 27-maktabgacha ta’lim tashkiloti binosida bir nafar fuqaroning jasadi topilgan. Bu haqda tuman IIB ma’lumot bergan.
Sud tibbiy ekspertizaning dastlabki xulosasiga ko‘ra, u is gazidan zaharlangan deya birlamchi xulosa berilgan.
Qo‘shtepa tumani hokimining tegishli qarori bilan sodir bo‘lgan mazkur baxtsiz hodisani o‘rganish yuzasidan tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nukus shahrida ijarada yashovchi talabaning jasadi topilgani ma’lum bo‘lgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter