Farg‘ona – Toshkent reysi qoldirildi. «Uzbekistan Airways» buni yo‘lovchilar xavfsizligi bilan izohladi

Bugun, 2022 yil 26 noyabr kuni Farg‘ona xalqaro aeroportida noqulay ob-havo sharoiti tufayli HY-278 Istanbul – Farg‘ona reysi Toshkent xalqaro aeroportiga yo‘naltirilgan.
Shu munosabat bilan, HY-082 Farg‘ona – Toshkent reysi qoldirilgan.
«Yo‘lovchilar bekor bo‘lgan qatnov aviachiptalarining to‘liq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlash huquqiga egadirlar.
Aviakompaniya uchun yo‘lovchilar xavfsizligi yuqori o‘rinda turishini eslatib o‘tamiz», deyiladi rasmiy xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter