Erkak turmush o‘rtog‘ining xiyonati ortidan dahshatli qotillikka qo‘l urdi
2023-yil 17-may kuni soat 03:00 larda Toyloq tumani yashovchi 39 yoshli erkak Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketgan turmush o‘rtog‘ini begona shaxslar bilan ishqiy munosabatda bo‘lganligi haqida video tasvirlarini ko‘rib, u bilan telefon orqali janjallashgan.
So‘ng, u turmush o‘rtog‘idan qasd olish maqsadida yashash uyida uxlab yotgan 2 nafar voyaga yetmagan o‘g‘lini (2015 va 2017-y.t.) qasddan o‘ldirgan va tuman IIBga kelib bu haqida aytgan, deya ma’lum qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati Xabar.uzga.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 2-qismi «a,v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Gumonlanuvchi protsessual tartibida ushlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter