Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

DXX Andijonda 12 nafar «g‘oyadosh»ni qo‘lga oldi

DXX Andijonda 12 nafar «g‘oyadosh»ni qo‘lga oldi

22-dekabr kuni O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkilotining Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi tarafdorlarining faoliyatiga chek quyildi.

Mavjud tezkor ma’lumotlarga ko‘ra, muqaddam «Hizb ut-Tahrir» safida faoliyat olib borganligi uchun uzoq yillar jazo muddatini o‘tab chiqqan 1968-y.t. «A.A» jinoiy faoliyatini tiklab 11 nafar sobiq g‘oyadoshlarini o‘zining noqonuniy harakatlariga jalb qilgan.

Ushbu shaxslarning barchasi muqaddam «Hizb ut-Tahrir» tashkilotiga a’zo bo‘lganliklari uchun jazo muddatini o‘tab chiqishgan. Ular hukumatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan ijtimoiy, huquqiy va ma’naviy ko‘makka qaramasdan jinoiy til biriktirib, aholi orasida hamda Internet tarmog‘i orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilish va shu yo‘l bilan saflarini kengaytirishga qaratilgan noqonuniy hatti-xarakatlarni sodir etishgan.

Hibsga olingan shaxslarda ekstremistik mazmundagi materiallar mavjudligi aniqlangan va ular protsessual tartibda rasmiylashtirib olib quyilgan.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi quzg‘atilib, tergov-surishtiruv tadbirlari amalga oshirilmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring