Dunyodagi eng xavfli samolyotlar
Har bir aviahalokat bir zumda bir necha o‘n kishini hayotdan olib ketadigan mudhish fojiadir. Shu bois hatto ba’zi samolyot rusumlariga ishonch kamaymoqda. Quyida e’tiboringizga eng ko‘p halokatga uchragan samolyotlar ro‘yxatini taqdim etamiz.
«Il-76». 59 ta samolyot halokatga uchragan. U sobiq SSSRda ishlab chiqarilgan ilk turbodvigateli samolyot bo‘lib, shaxsiy tarkibni olib yurish, turli texnika va boshqa harbiy qurilmalar uchun mo‘ljallangan. 26-60 tonna yukni 4200 kilometr masofaga elta olish qudratiga ega.
«Mk Donnel-Douglas DC-9». 25 ta samolyot halokatga uchragan. Kichik masofalarga parvoz qiluvchi amerikaliklarning sevimli samolyoti hisoblanadi. 1970-yillardan ishlab chiqarila boshlangan, 1982-yildan to‘xtatilgan.
«Airbus A310». Halokatlarda 9 ta samolyot yo‘qotgan. Uzoq masofaga mo‘ljallangan yo‘lovchi samolyoti. Yirik aviakompaniyalar undan foydalanmay qo‘yishgan. Ammo Pokistonda ayna shu rusumdagi havo layneridan uchta bor, Yamandagi bitta «Airbus A310» 2009-yil 30-iyunda halokatga uchragan.
«Mk Donnel-Douglas MD-11». 6 ta shu rusumdagi samolyot halokatga uchragan. Ko‘pgina yirik aviakompaniayalar (masalan «Finnair» va KLM) shu samolyotdan foydalanadi.
«Boeing 727». Halokatlarda 116 ta samolyot yo‘qotgan. Samolyot ilk parvozini 1963-yilning 9-fevralida amalga oshirgan. 1960 — 1980-yillarda dunyodagi eng mashhur avialayner hisoblangan. 1963-yildan 1983-yilgacha 1832 ta shunday samolyot ishlab chiqarilgan. Ushbu rusumdagi samolyot oxirgi marta Beninda halokatga uchragan. Undagi barcha yo‘lovchilar halok bo‘lgan.
«Tu-154». 64 ta samolyot halokatga uchragan, Ilk parvozini 1968-yilda amalga oshirgan. 2006-yilgacha ishlab chiqarilgan.
«Boeing 737 JT8D». Halokatlarda 147 ta samolyot yo‘qotgan. Eng mashhur qisqafyuzelyajli reaktiv samolyot sanaladi. Ushbu rusumdagi samolyotga talab nihoyatda yuqoridir.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter