«Diplom mojarosi»: uch hududda tezkor tadbir o‘tkazildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Oltinko‘l tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.
Unda fuqaro L.D. fuqaro M.T.ni qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasidagi tibbiyot institutining 1-bosqichini tamomlaganligi to‘g‘risida hujjatlar tayyorlab berish orqali Andijon davlat tibbiyot institutining 2-bosqichiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 4 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Xuddi shunday, Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq davlat pedagogika universiteti kafedra o‘qituvchisi A.O‘. fuqaro Sh.K.ni tanishlari yordamida ushbu universitetga o‘qishga kiritib qo‘yishi evaziga 3 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, Departamentning Olot tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro F.A. fuqaro S.J.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida Qorako‘l «Abu Ali ibn Sino» texnikumiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 800 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, F.A. tomonidan 800 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter