Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qizning «Cobalt»dagi sayri juda qimmatga tushdi

Qizning «Cobalt»dagi sayri juda qimmatga tushdi

Asaka tumanida yashovchi 19 yoshli qiz yarim tunda tanishining «Cobalt» avtomashinasini ruxsatsiz minib ketdi va bu unga juda qimmatga tushdi.

Qayd etilishicha, hodisa 2022 yil 11 iyul kuni soat 00-30 larda sodir bo‘lgan.

Asaka tumanida yashovchi 19 yoshli N.D. (ayol), o‘ziga oldindan tanish bo‘lgan 22 yoshli A.I.ni (erkak) boshqaruvidagi «Cobalt» rusumli avtomashinasida Asaka tumani Arg‘in MFY Janon-2 ko‘chasiga birga boradi.

Haydovchi A.I. avtomashinadan tanishlari bilan gaplashish maqsadida tushib ketganidan va avtomashinani dvigatelini o‘chirmay, kalitini o‘zida qoldirib ketganligidan foydalanib, avtomashinaning rul boshqaruviga o‘tiradi.

So‘ngi A.I.ning ruxsatisiz avtomashinasini olib qochib, Asaka-Shahrixon transport qatnov yo‘lining Shahrixon yo‘nalishi bo‘ylab ketayotganida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l-transport hodisasi sodir etadi.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan N.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ma’lumot uchun, bu turdagi jinoyat uchun 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Hozirda yuqoridagi shaxs nima sababdan ushbu jinoyatga qo‘l urganligi aniqlanmoqda.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring