Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chortoqda mast ayolni sudragan shaxsga va ayolning o‘ziga sud hukmi o‘qildi

Chortoqda mast ayolni sudragan shaxsga va ayolning o‘ziga sud hukmi o‘qildi

Namangan viloyati, Chortoq tumanida sodir bo‘lgan janjal yuzasidan sud hukmi o‘qildi.

2021 yil 5 iyun kuni Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan va janjalkash shaxs sifatida tuman IIBning profilaktik hisobida turuvchi G.T. Chortoq tumaniga mast holda borib, Chortoq shahar avtoshoh bekatida hech qanday sababsiz janjal ko‘targan va hududdagi do‘kon va boshqa ob’yektlarning oynalarini sindirib, do‘konlarga ziyon, o‘ziga esa tan jarohati yetkazgan.

Shu yerda ishlovchi somsapazning idishlarini ham sindirib tashlagandan so‘ng 1988 yilda tug‘ilgan somsapaz X.Yu. ayolga bu yerdan ketishini tushuntirgan, biroq ayol spirtli ichimlik talab qilib, janjal ko‘tarishda davom etgan.

Shundan so‘ng X.Yu. ayolning sochidan tortib, uni bekatdan tashqariga olib chiqish uchun sudragan.

Chortoq tuman sudi ish bo‘yicha huquqbuzarlar va guvohlarning ko‘rsatmalari hamda ishga ilova qilingan dalil, xujjatlarni o‘rganib, quyidagicha qaror qildi. Bu haqda Namangan viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Fuqaro X. Yu. (somsapaz)ga nisbatan MJtKning 52-modda, 2-qismi bilan ayb e’lon qilinib, jarima jazosi belgilandi.

Fuqaro D. S. va A. S. (ayolni qo‘lidan tortib tinchlantirishga uringanlar)ga MJtKning 52-modda, 2-qismi bilan bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

Fuqaro A. T. (videoni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan)ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi. Ushbu jarimalar davlat foydasiga undirildi.

Mast holda janjal ko‘tarib, hududdagi buyumlar va ob’yektlarga zarar yetkazgan ayolga esa 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring