Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Chilonzor tumani hokimligi xodimi 50 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Chilonzor tumani hokimligi xodimi 50 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushgani aytilmoqda

Chilonzor tuman hokimligi binosi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumani hokimligi bo‘lim boshlig‘i pora tariqasida tadbirkordan 50 ming AQSh dollari olayotganda qo‘lga tushgani haqida xabarlar tarqaldi.

Ayni ma’lumotni tasdiqlagan «Xabar.uz»ning huquqni muhofaza qiluvchi organdagi manbasi tergovga ta’sir o‘tkazishi ehtimolidan kelib chiqib, holat tafsilotlarini ochiqlamadi. «Tergovga ta’sir o‘tkazish» deyilishi esa o‘z-o‘zidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini anglatadi.

Hozircha ma’lumi shuki, tuman hokimligi bo‘lim boshlig‘i tadbirkorga 1 gektar yerga (1 sotixini 14 ming AQSh dollariga) egalik huquqini rasmiylashtirib berish «xizmati»ni 1,4 million AQSh dollariga (!) baholagan. Va kelishilgan puldan 50 mingini xamir uchidan patir, ya’nikim, «zakalat» tariqasida olayotgan paytda qo‘lga tushgan.

Bu ishda boshqa figurantlar (yuqori amaldorli) chiqishi ehtimoli ham yo‘q emas. Chunki tuman bo‘limi boshlig‘ida poytaxtda 1000 sotix yerni yirik summaga sotib yuborish darajasida vakolatlar yo‘q.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring