Buxorolik erkak bir kechada ayoli va ikki farzandidan ayrildi
Kecha, 23-dekabr kuni Kogon shahar IIB navbatchilik qismiga «Xo‘jabargi» MFY, Farovonlik ko‘chasi, 120-uyda yashovchi S.Q.ning uyidagi isitish pechidan chiqqan is gazidan zaharlanib, oila a’zolari (xotini va ikki nafar farzandi) vafot etgani haqida xabar kelib tushgan.
«Tergovga qadar tekshiruv davomida marhum N.Q. va uning farzandlari S.S. hamda B.H. ning o‘limi bilan bog‘liq holatni aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlanib, aloqador shaxslardan tushuntirish xatlari olingan», — deyiladi ma’lumotda.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Kogon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter