Buxoroda to‘yga ketayotganlar manziliga yeta olishmadi

Buxoroda 2020-yilning 4-sentyabr kuni soat 07:00 da 29 yoshli K.A. o‘z boshqaruvida bo‘lgan «Tayota» rusumli avtomashina «Xorazm-Buxoro» A-380 yo‘lida avariyaga uchradi.
IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, haydovchi mazkur yo‘lning Romitan tumani hududidan o‘tgan 324-kilometriga yetganida to‘satdan avtomashinasi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘lning chap tomon qismiga chiqib ketishi natijasida avtomashina bir necha bor ag‘darilib, yo‘l transport hodisasi sodir etilgan.
Natijada, avtomashina haydovchisi K.A. va 33 yoshli yo‘lovchi S.M. hodisa joyida vafot etgan, salonda bo‘lgan ikkinchi yo‘lovchi 36 yoshli Sh.R., og‘ir tan jarohati olib, tibbiyot muassasiga yotqizilgan. Qayd etilishicha, ular to‘yga ketayotgan bo‘lishgan.
Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi «a» bandi (odamlar o‘limiga sabab bo‘lgan, transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter