Buxoroda masjidning uchta ehson qutisidan pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
28-sentyabrdan 29-sentyabrga o‘tar kechasi Romitan tumanida joylashgan «Xo‘ja Ali Romitaniy» masjidiga noma’lum shaxs g‘ayriqonuniy ravishda kirgan. So‘ng u yerdagi uchta ehson qutisini buzib ochib, ehson qilingan barcha pullarni o‘g‘irlab voqea joyidan yashiringan.
Mazkur holat yuzasidan Romitan tumani Ichki ishlar bo‘limi huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tezkor-tergov harakatlari olib borilgan.
Tezkor-surishtiruv harakatlari natijasida mazkur jinoyatni Samarqand viloyatida yashovchi, 1979-yilda tug‘ilgan O.A. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Hozirda gumonlanuvchi O.A.ga nisbatan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter