Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda g‘ildiragi chiqib ketgan «Moskvich» ariqqa ag‘darildi. Yo‘lovchilar halok bo‘lishdi

Buxoroda g‘ildiragi chiqib ketgan «Moskvich» ariqqa ag‘darildi. Yo‘lovchilar halok bo‘lishdi

Foto: IIV huzuridagi Tergov departamenti

Kuni kecha, ya’ni 10-avgust kuni soat 15:30 larda Buxoro viloyatida ayanchli yo‘l transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

G‘ijduvon tumani «Sohibiyon» MFY hududidan o‘tuvchi ichki yo‘l, ya’ni Sohibiyon qishlog‘idan Sho‘rcha qishlog‘iga harakatlanib ketayotgan «Moskvich» rusumli avtomobilning old g‘ildiragi chiqib ketgan. Buning oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan avtomashina yo‘lning chap tomonidagi ariqqa ag‘darilib ketgan. «Moskvich»ni fuqaro U.B. ishonchnoma asosida boshqarib yurgani ma’lum qilinmoqda.

YTH natijasida avtomashina yo‘lovchilari 50 yoshli A.I. va 44 yoshli G‘.R.lar hodisa sodir bo‘lgan joyda vafot etishgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan G‘ijduvon tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e’tiborli bo‘lish, nosoz transport vositalarini boshqarmaslik so‘raladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring