Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda erkak o‘g‘lining ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yubordi

Buxoroda erkak o‘g‘lining ko‘z o‘ngida o‘zini yoqib yubordi

Foto: Xabar.uz

Buxoroda quruvchiga pul o‘tkazib, mablag‘ini qaytara olmagan erkak o‘zini yoqib yubordi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi.

1-fevral kuni Buxoro viloyat IIB navbatchilik qismiga fuqaro F.H. o‘zini yoqib, tan jarohati olib, RShTYoIM Buxoro filialiga murojaat qilganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Hodisa joyiga viloyat prokurorining o‘rinbosari, viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i, Buxoro shahar prokurori va IIO FMB boshlig‘i hamda tergov - tezkor guruhi yetib borgan.

Aniqlanishicha, Peshko‘ tumanida yashovchi F.H. 2021 yil mart oyida quruvchi R.Shga uy olish maqsadida 150 mln. so‘m pul mablag‘larini bergan.

Lekin R.Sh. uyni rasmiylashtirib bermaganligi sababli, pul mablag‘larini qaytarishni so‘rab, 2022 yil 1 fevral kuni takroran murojaat qilgan, R.Sh.dan rad javobini olinganidan so‘ng, o‘zini ustidan benzin sepib, yoqib, o‘z joniga suiqasd qilgan.

To‘plangan hujjatlarga ko‘ra, F.H. o‘zini yoqib yuborgan paytida yonida o‘g‘li Z.A. bo‘lganligi ma’lum bo‘ldi.

Tibbiyot muassasasining dastlabki ma’lumotnomasiga ko‘ra, F.H tanasining 50 foiz qismi kuyganligi ko‘rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar prokuraturasi tomonidan JKning 103-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan alohida nazoratga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring