Bulung‘urda qarindoshlarning janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

2019-yil 26-avgust kuni Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida yashovchi 37 yoshli Sh.B. mast holda 24 yoshli jiyani S.T. bilan o‘zaro janjallashayotganida, ularni ajratmoqchi bo‘lgan S.T.ning otasi 47 yoshli B.B.ni pichoq bilan jarohatlagan. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Natijada B.B. kasalxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Sh.B. ushlangan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter