Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bugun Mars Yerga eng yaqin masofaga keladi. NASA dan onlayn-translyasiya (video)

Bugun Mars Yerga eng yaqin masofaga keladi. NASA dan onlayn-translyasiya (video)

Foto: «Flickr.com»

Kimda-kim mustaqil ravishda osmonda «Qizil sayyora»ni topa olmagan bo‘lsa, bugun, 31-iyul kuni Marsning sayyoramizga yaqinlashuviga bag‘ishlangan translyasiyani ko‘rishlari mumkin, deb xabar bermoqda «Rakurs». Bugun ikki sayyora o‘rtasida masofa oxirgi 15 yilda eng qisqa ko‘rinish oladi.

Marsning Yerga yaqinlashuvchi 0,39 astronomik birlikni, ya’ni 57,8 mln. kilometrni tashkil etadi, deb xabar bermoqda NASA.

Aslida Yer va Mars o‘rtasidagi eng qisqa masofa — 55,75 mln. kilometr, ammo bu o‘ta noyob hodisa. Buni ko‘rish uchun 2287-yilgacha yashash kerak.

Eslatib o‘tamiz, Marsni ilk marotaba 28-iyul — Oy tutilgan tunda oddiy ko‘z bilan ko‘rish imkoni paydo bo‘lgandi.

Hozircha esa yulduzli osmondagi «Qizil sayyora»ni hech qanaqangi moslamalarsiz ham ko‘rish fursatini boy bermang — uncha katta bo‘lmagan, ammo yorqin to‘q sariq-qizg‘ish tusdagi yulduzni qidiring yoki quyidagi translyasiyani kuzating.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring