Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bir yoshli qizalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan er-xotin qo‘lga tushdi

Bir yoshli qizalog‘ini 5 ming dollarga sotayotgan er-xotin qo‘lga tushdi

Toshkentda er-xotin o‘zlarining bir yoshli farzandini 5000 AQSh dollarga sotmoqchi bo‘lishdi. Bu haqda «Markaziy studiya» ko‘rsatuvida ma’lum qilingan.

«Menga Alisa qo‘ng‘iroq qilib, ko‘rishishni taklif qildi. Biz ko‘rishdik va u meni farzandimni asrab olmoqchi ekanligini bildirdi. Men esa unga turmush o‘rtog‘im bilan gaplashib olishim kerakligini aytdim. Erim rad javobini berdi. Keyin u bizga 5000 dollar pul taklif qildi. O‘ylab ko‘rib, uning qanday sharoitda yashashi bilan tanishgach biz rozi bo‘ldik», — deydi bolaning onasi.

Aytib o‘tilishicha er-xotinlar ikkalasi ham mehribonlik uyida ulg‘aygan. O‘zlarining bir yoshli farzandini sotishga sabab qilib karantin davridagi qiyinchiliklarni ko‘rsatishgan.

«Karantin davrida bizga qiyin bo‘ldi. Ishimiz ham yo‘q edi. Mahalladan yordam so‘radik, ammo yordam berishmadi», — deydi erkak.

Erkakka nisbatan JKning 135-moddasi 3-qismi «a» bandiga asosan 8 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bolaning onasiga tayinlangan jazo uch yillik sinov muddatiga almashtirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring