Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Bir kunda ikki tobut chiqardik» — Farg‘onada dahshatli qotillik sodir bo‘ldi

«Bir kunda ikki tobut chiqardik» — Farg‘onada dahshatli qotillik sodir bo‘ldi

Farg‘ona viloyati, Buvayda tumanida erkak qaynotasi va xotinining qotiliga aylandi. Bu haqda «Millar» dasturida ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, muntazam janjallar sabab ayol bolalari bilan otasining uyiga ketib qolgan bo‘lgan. Er bolalarini olish uchun janjal qilib boravergan.

Marhumning yaqinlariga ko‘ra, qotil kechasi uyga bostirib kirib qaynotasining ko‘kragiga pichoq sanchgan, otasini himoya qilishga uringan xotinini ham pichoqlab o‘ldirgan.

«Bir kunda ikki tobut chiqardik», deydi marhumning o‘g‘li. Ayolning ikki nafar farzandi yetim qolgan.

Farg‘ona viloyati prokuraturasiga ko‘ra, holat yuzasidan shu kunning o‘zida Buvayda tumani prokuraturasi tomonidan bir nafar shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) ikkinchi qismi «a» va «v» bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi qo‘lga olingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring