Bemor o‘g‘il keksa onasini bolta bilan o‘ldirdi
Qashqadaryo viloyati Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi E.Sh o‘z onasining qotiliga aylandi.
«Nasafnews»ning xabar berishicha, Koson tumani «Yuqori Obron» mahallasida yashovchi 1975-yilda tug‘ilgan erkak E.Sh. 10-iyul kuni 1947-yilda tug‘ilgan keksa onasi M.B.ni bolta bilan urib, unga og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda erkakning onasi vafot etgan.
Qashqadaryo viloyat IIB ma’lumotida aytilishicha, erkak 2003-yildan buyon «shizofreniya» kasalligi bilan hisobda turgan.
Marhuma M.B. farzandi E.Sh.ni bir necha bor davolatgani, jumladan, 2021-yil 6-iyun kuni uni viloyat Asab-ruhiy kasalliklar dispanserida davolatib, uyiga olib kelgan.
Ammo uning xatti-harakatlarini biriktirilgan oilaviy poliklinika patronaj guruhi mas’ullari tomonidan doimiy nazorat tartibida o‘rganilmagan.
Holat yuzasidan Koson tuman prokuraturasi tomonidan E.Sh.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi tegishli bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter