Bankomatni buzayotgan shaxs voqea joyida qo‘lga olindi
Joriy yilning 15 may kuni tungi 02:00 da Samarqand viloyatida Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi Ishtixon tumani bo‘limi mas’ul xodimlari tomonidan videokuzatuv monitori orqali Xalq banki Ishtixon filialiga qarashli bankomat oldida noma’lum shaxsning qo‘lida temir jism bilan turganligi aniqlangan.
Voqea joyiga yetib borgan tuman Qo‘riqlash xizmati tezkor guruh xodimlari tomonidan ushbu shaxs bankomat eshigini buzishga harakat qilayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv natijasida ushbu shaxs Ishtixon tumanida yashovchi 1996 yilda tug‘ilgan fuqaro M.I. ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Hozirda holat yuzasidan tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter