Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baliqni qirg‘oqqa «haydagan» nima balo?!

Baliqni qirg‘oqqa «haydagan» nima balo?!

Foto: «Instagram»

Yaponlar Tokayama ko‘rfazi sohilida uzunligi 3,2 metr keluvchi baliq topib olishdi. Kokilli seld qiroli — shu nom bilan ataluvchi bu baliq go‘shti yeyilmaydi.

Aytishlaricha, bu baliqni sohilda uchratish — noyob hodisa. Chunki kokilli baliq asosan chuqur suvlarda yashaydi.

Foto: «Instagram»
Foto: «Instagram»

Kokilli seld qirolini yaponlar dengiz ma’budi elchisi ham deyishadi. Mahalliy xalq e’tiqodicha, bu baliq qirg‘oqqa chiqib qolsa — sunamidan darak.

Ammo olimlar irim-sirimlarni inkor etishdi, baliqni qirg‘oqqa «haydagan» sunami emas, balki global iqlim isishi, deyishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring