Ayovsiz kaltaklangan shaxs og‘ufurush bo‘lib chiqdi
Noma’lum shaxslar bir fuqaroni urayotgani aks etgan videotasvirlar internetda tarqalgandi. Toshkent shahar IIBB voqeaga munosabat bildirdi.
O‘rganish davomida aniqlanishicha, joriy yilning 12-oktyabr kuni soat 21:00 larda J.R. (2003-y.t.), Sh.A. (2001-y.t.) va R.A. (2005-y.t.) telegram-bot orqali giyohvandlik moddalarni tarqatish bilan shug‘ullangan 2003-yilda tug‘ilgan A.B. bilan Mirobod tumanida uchrashishgan. So‘ng uni Bo‘stonliq tumaniga olib borib, uni urib, tan jarohati yetkazishgan va ustiga «zelyonka» moddasini sepishgan.
Holat yuzasidan Mirobod tumani IIO FMB tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi («Odam o‘g‘irlash») va 105-moddasi 2-qismi («Qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish») bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchilarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Tergov jarayonida J.R., Sh.A. va R.A.lar shunga o‘xshash boshqa bir qancha jinoyatlarni sodir etishga aloqadorligi aniqlangan. Tergov davom etmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter