Avtobus eshigiga qisilib qolib, yiqilgan yo‘lovchi vafot etdi

Avtobus eshigiga qisilib qolib, yerga yiqilgan yo‘lovchi vafot etdi. Hodisa 10-fevral kuni Namangan shahridagi Sardoba MFYning Navoiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Bu haqda Namangan viloyati IIB xabar berdi.
Qayd etilishicha, Isuzu rusumli avtobus haydovchisi bekat oldida yo‘lovchilarni olib, avtobus eshigini yopmay harakatni davom ettirgan va eshiklarni yopgan vaqtida, orqa eshikda turgan yo‘lovchi eshikka qisilib qolib, yerga yiqilgan.
Natijada yo‘lovchi og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.
Ushbu holat bo‘yicha O‘zR JKning 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter