Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijondagi portlashda halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi aniqlandi

Andijondagi portlashda halok bo‘lgan fuqaroning shaxsi aniqlandi

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida joylashgan xususiy shifoxonada 11 fevral kuni gaz portlashi sodir bo‘lgani oqibatda bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgandi.

Halok bo‘lgan shaxs Qirg‘iziston fuqarosi ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Qirg‘iziston TIV matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, halok bo‘lgan 56 yoshli fuqaroning jasadi yaqin qarindoshlari tomonidan Qirg‘izistonga yetkazilgan.

Voqea 11 fevral kuni soat 11:30 da Chinobod ko‘chasida joylashgan 3 qavatli «Ziteriya» MChJ Diagnostika va davolash maskanining 1-qavatida yuz bergandi. Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan, 11 nafar kishi jarohatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring