Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portladi
Ijtimoiy tarmoqlarda Andijondagi ko‘p qavatli uyda gaz portlaganligi haqida xabarlar tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining aniqlik kiritishicha, 2020-yil 9-dekabr kuni soat 01-00 larda Andijon shahar, Qo‘shariq dahasida joylashgan qo‘p qavatli uyning xonadonida tabiiy gaz to‘planib qolishi va ushbu xonadonda yashovchi ayol D.M. elektr chiroqni yoqib yuborishi natijasida chaqnash kelib chiqqan bo‘lib, yashash uyining taxminan 30 kv. metr qismi yonib zararlangan.
Chaqnash oqibatida turli darajadagi kuyish tan jarohatlarini olgan xonadondagi 3 nafar fuqaro shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergov qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter