Andijondagi GES to‘g‘onidan erkak kishining murdasi topildi
Joriy yilning 28-oktyabr kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumani hududidan oqib o‘tuvchi «Janubiy Farg‘ona» kanalining 1-sonli GES to‘g‘onidan erkak kishining murdasi topilgan. Bu haqda IIVning «Postda» nashri ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, tashqi ko‘rinishidan jarohatsiz bo‘lgan murda Qirg‘iziston Respublikasi fuqarosi Azamat Satibaldiyevniki ekan.
O‘tkazilgan sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, fuqaro «yuqori nafas yo‘llarining suyuqlik bilan berkilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya»dan o‘lgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter