Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yana bir «kadastr» xodimi qo‘lga tushdi

Andijonda yana bir «kadastr» xodimi  qo‘lga tushdi

Andijonda «Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri» davlat korxonasi Paxtaobod tumani filiali mutaxassisi ushlandi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, mutaxassis  fuqaro X.B.dan  yashash xonadoniga egalik huquqini beruvchi hujjatlarni olib berish evaziga 750 AQSh dollari talab qilgan. Talab qilingan puldan 700 AQSh dollarini olgan vaqtida Departamentning Paxtaobod tuman bo‘limi va DXX xodimlari tomonidan ashyoviy  dalil bilan qo‘lga olinadi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari  o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda Xo‘jaobod tuman «kadastri» mutaxassisi mahalliy fermerdan  10 ming AQSh dollari olayotganda ushlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring