Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda OITS yuqtirgan shaxs bir necha ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan

Andijonda OITS yuqtirgan shaxs bir necha ayollar bilan jinsiy aloqada bo‘lgan

Andijon viloyati Shahrixon tumanida yashovchi fuqaro S.M. Bo‘ston va Shahrixon tumanlarida yashovchi 2 ayol bilan bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib, OIV infeksiyasini yuqtirgani aniqlangan.

Shuningdek, Buloqboshi tumanida yashovchi ayol R.N. bilan ham bir necha bor betartib jinsiy aloqada bo‘lib, uni OIV infeksiyasini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan.

Avvalroq u viloyat OITSga qarshi kurashish markazida 2020 yilning mart oyida dispanser nazoratiga olingan bo‘lib, o‘zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshqa shaxsga yuqtirish Jinoyat kodeksining 113-moddasi bilan jinoiy javobgarlikka tortilishi to‘g‘risida ogohlantirilgan.

Mazkur holat yuzasidan, Shahrixon tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan S.Mga nisbatan Jinoyat kodeksining 113-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda oliy ma’lumotli stomatolog OITS yuqtirib olganiga qaramay, odamlarni davolab yurgani aniqlangan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring