Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha yopilgan tomlar uchib ketdi

Andijonda «Obod mahalla» dasturi bo‘yicha yopilgan tomlar uchib ketdi

Foto: O‘zA

Andijon viloyatida kecha sodir bo‘lgan tabiiy ofat, ya’ni kuchli shamol natijasida Ulug‘nor tumanining Shahriobod mahallasi hududidagi 2 ta ko‘p qavatli uyning tom qismi uchib tushgan. Tabiiy ofat tufayli aholi o‘rtasida jabrlanganlar yo‘q, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: O‘zA

Qayd etilishicha, mazkur uylarning tom qismi «Obod mahalla» dasturi doirasida yopilgan bo‘lgan.

Shu kuni voqea joyiga viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yetib borgan.

Foto: O‘zA

Mutaxassislar tomonidan shamol natijasida zarar yetgan ko‘p qavatli uylar holati o‘rganilib, muammolarni bartaraf etish ishlari olib borilayogani qayd etilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring