Andijonda noma’lum yirtqich paydo bo‘lgani aytilmoqda
Andijon viloyati Asaka tumanida noma’lum yirtqich paydo bo‘lgani va qo‘ylar, tovuq-o‘rdaklar va mollarni bo‘g‘izlab, qonini so‘rib, tashlab ketayotgani aytilmoqda.
Bir murojaatchining aytishicha, 14 ta qo‘yidan 9 tasi bo‘g‘izlab ketilgan, ertasi kuni esa o‘rdaklari o‘ldirilgan. Ular hokim qabuliga borishgan, ammo tuman rahbari qabul qilmagani bildirilgan.
Qayta murojaatlardan keyin ovchilar ajratilgan. Ayni paytda noma’lum hayvonni ovlash ishlari boshlab yuborilgan.
Bir fuqaroning ta’riflashicha, bu yirtqichning boshi ayiqnikiga o‘xshaydi, gavdasi uzun, itdan yomonroq, qo‘rqinchli bo‘lganidan mollarni ham temir panjaralar bilan o‘rab tashlashgan.
Videolarda bo‘g‘izlangan qo‘ylar va noma’lum yirtqichning oyoq izlarini ko‘rish mumkin. Hozircha biror tashkilot izoh berganicha yo‘q.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter