Andijonda zo‘ravon IIB xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinlandi
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani IIB xodimlari xizmat xonasiga fuqarolarni olib kirib, dubinka bilan tinmay kaltaklagani haqida ijtimoiy tarmoqlarda murojaat tarqaldi.
«Meni qo‘limni kishanlab, dubinka bilan ikkala oyog‘imga urib, seni qamaymiz deb qo‘rqitib, haqoratlab, ustimdan kulib, tashqariga olib chiqib, hech kimga indamang, arizayam yozmang, deb qo‘limga o‘n ming so‘m berib ketkazvordi», deydi murojaatchi.
Viloyat prokuraturasining aniqlashicha, fuqaro M.G‘.ning tan jarohatlari olganligi holati bo‘yicha Qo‘rg‘ontepa tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tergovga qadar tekshiruv davrida sudga oid ekspertiza va IIB xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruv tayinlangan.
Tekshiruvda xabarda ko‘rsatilgan barcha vajlar har tomonlama va to‘liq o‘rganilib, natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinadi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter