Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda haqdor qarzdorni urib o‘ldirib qo‘ydi

Andijonda haqdor qarzdorni urib o‘ldirib qo‘ydi

Foto: Tergov departamenti

Andijonning Buloqboshi tumanida katta ko‘ngilsizlik ro‘y berdi. Fuqaro K. A. o‘z qo‘shinsidan 1000 AQSh dollari miqdoridagi qarzini qistaydi. Ikki o‘rtada kelib chiqqan mushtlashuvga aylanib, haqdor o‘zi bilan birga kelgan tanish va ukalari (jami 3 kishi, ular orasida 17 yashar voyaga yetmagani ham bor) bilan qarzdorni qattiq do‘pposlashadi. Buning oqibatida yetkazilgan tan jarohati tufayli qarzdor fuqaro voqea joyida vafot etadi.

Hodisa joyini ko‘zdan kechirish paytida marhumga tan jarohati yetkazilgan bir dona tayoq ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirildi, deyiladi IIV Tergov departamenti xabarida.  

Holat bo‘yicha Buloqboshi tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvchining o‘limiga olib kelgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumondorlar ushlangan, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring