Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda ham dahshatli avariya sodir bo‘ldi

Andijonda ham dahshatli avariya sodir bo‘ldi

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 12-avgust kuni Andijon viloyati Andijon tumanida ham ayanchli yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda mobil muxbir «Xabar.uz»ga ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, tumandagi Kuyganyor dahasida «Damas» va «Labo» to‘qnashib ketgan. Oqibatda har ikki mashina ham ag‘darilgan.

Mobil muxbirning xabariga ko‘ra, haydovchilar zudlik bilan shifoxonaga olib ketilgan.

Ushbu mudhish YTH bugunning o‘zida ikkinchisi bo‘lib, Toshkentda ikkita avtomobil ishtirokida dahshatli avariya kuzatilgani haqida avval xabar bergandik.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring