Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda yer qimirladi

Andijonda yer qimirladi

Bugun, 29 sentyabr kuni Qirg‘izistonda 4,7 balli zilzila sodir bo‘ldi. Yer silkinishi Andijon viloyatining bir qator tumanlarida ham sezildi.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda zilzilaning sezilish kuchi quyidagi hududlarda kuzatildi:

  • Xonobod tumanida 3-4 ball, 36 km.
  • Qo‘rgontepa tumanida 3 ball, 52 km.
  • Jalaquduq tumanida 2-3 ball, 71 km.
  • Xo‘jaobod tumanida 2-3 ball, 79 km.
  • Andijon tumanida 2-3 ball, 80 km.
  • Paxtaobod tumanida 2-3 ball, 81 km.
  • Buloqboshi tumanida 2 ball, 89 km.
  • Andijon shahrida 2 ball, 90 km.
  • Izboskan tumanida 2 ball, 94 km.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring