Andijonda bog‘cha bolasini tok urdi
Andijon viloyatining Izboskan tumanidagi 10-son maktabgacha ta’lim muassasasida ko‘ngilsiz hodisa ro‘y berdi. Hasanboy ismli besh yashar tarbiyalanuvchini tok urdi.
«Xabar.uz» manbasining xabar berishicha, voqelik kecha, 12-avgust kuni kunduzi soat 10-30larda sodir bo‘lgan.
Ayni damda Hasanboy tez yordam markazining tuman bo‘limida muolaja olmoqda. Holat yuzasidan Izboskan tuman prokuraturasi tomonidan surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter