Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Andijonda 5 kishi alkogolli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Andijonda 5 kishi alkogolli ichimlikdan zaharlanib vafot etdi

Foto: Xabar.uz

Andijonda besh kishi konyakdan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda viloyat prokuraturasi xabar berdi

2024-yil 22-26-dekabr kunlari Andijon viloyatida 22 nafar fuqaro O‘zbekiston Respublikasi aksiz markasi yopishtirilgan “O‘zbekiston” nomli konyak iste’mol qilganliklari oqibatida shifoxonaga o‘tkir zaharlanish tashxisi bilan yotqizilgan.

Shifokorlar tomonidan ko‘rsatilgan zarur tibbiy yordamga qaramasdan, ularning 5 nafari vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tergovchilari rahbarligida tuzilgan viloyat IIB tergov departamenti, IJQK departamenti tergovchilaridan iborat tezkor tergov guruhi tomonidan olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring