Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Albaniyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Albaniyada yana zilzila sodir bo‘ldi

Foto: «Euronews»

Albaniyada bugun, 1-yanvar kuni kuchi 4,2 balga teng zilzila sodir bo‘ldi, deya xabar berdi «Euronews».

Bu safargi yer silkinishi ham Albaniya g‘arbida, ko‘hna Durres shahri yaqinida kuzatildi. Jabrlanganlar va vayronagarchiliklar haqida hozircha xabarlar yo‘q.

AQSh Geologiya xizmati ma’lumotiga ko‘ra, zilzila epitsentri Durresdan 27 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan.

2019-yilning 26-noyabr kuni Albaniyada sodir bo‘lgan 6,5 balli zilzila oqibatida 50 dan ziyod kishi halok bo‘lgan, qariyb 2000 kishi jarohat olgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring