Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ai-80 benzinini sotmay saqlab turgan AYoQShlarga chora ko‘rildi

Ai-80 benzinini sotmay saqlab turgan AYoQShlarga chora ko‘rildi

Ayni kunlarda hududlarda AI-80-markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYoQShlarda navbatlar ko‘paymoqda.

Mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O‘zenergoinspeksiya» tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularni sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYoQShlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Andijon viloyatidagi «N.P.», «N. O.», «L.G.», «S.O.» va «Sh.A.O.» MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan AI-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shaxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlandi.

Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring