Afg‘onistonda zilzila bo‘ldi, O‘zbekistonda yer qimirlashi sezildi

O‘zbekistonda yer qimirlashi qayd etildi. Xabar qilinishicha, zilzila o‘chog‘i Afg‘onistonda bo‘lgan.
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi bu borada rasmiy xabar berib o‘tdi. Bugun, Toshkent vaqti bilan 05:45da (08.08.2019 da 00:45 Grinvich bo‘yicha) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Koordinatalar 37,01 gradus shimoliy kenglik, 69,42 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=5,9. Chuqurlik H=180 km. Toshkentgacha masofa janubiy yo‘nalish bo‘yicha 473 km bo‘lgan.
Zilzila O‘zbekiston hududida:
Toshkent: 473 km;2 ball
Namangan: 484 km;2 ball
Andijon: 490 km;2 ball
Farg‘ona: 428 km;2 ball
Guliston: 391 km;2 ball
Jizzax: 372 km;2 ball
Samarqand: 364 km;2 ball
Buxoro: 533 km;2 ball
Termiz: 191 km 2 ball
Qarshi: 379 km;2 ball
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter