Afg‘oniston shimoli-sharqida yer qimirladi

Afg‘oniston shimoli-sharqida 5,1 magnitudali yerosti silkinishlari qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologiya xizmati xabar berdi.
Zilzila yakshanba, 4-avgust kuni, UTC bo‘yicha soat 19:04 da (Toshkent vaqti bilan — soat 00:04) sodir bo‘lgan. Uning epitsentri Badaxshon viloyatining Ishkashim shahridan 27 kilometr g‘arbda joylashgan.
Halokat va jabrlanganlar haqida axborot kelib tushmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter