Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

800 dollar evaziga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

800 dollar evaziga «prava» olib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Buxoroda haydovchilik guvohnomasini olib berish uchun 800 dollar olgan shaxs qo‘lga olindi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro N.R. fuqaro S.M.ga haydovchilik guvohnomasi olish uchun o‘qiganligi haqida go‘yoki YHXBda ishlovchi tanishlari yordamida hujjatlarni tayyorlab berishi va imtihondan o‘tkazib qo‘yishi evaziga 800 AQSh dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring