«Yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘raladi». 8-mart kuni Seulga charter reysi amalga oshiriladi

Janubiy Koreya hududida koronavirus bilan bog‘liq vaziyatning og‘irlashishi tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2020-yil 8-mart kuni Seul shahriga HY3553/3554 raqamli charter reysi amalga oshirilishini ma’lum qildi.
Barcha savollar bo‘yicha, shuningdek, chipta sotib olish masalasida O‘zbekiston Respublikasining Seuldagi elchixonasiga va Uzbekistan Airways aviakompaniyasining vakolatxonasiga quyidagi raqamlar orqali murojaat qilish mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasining Janubiy Koreyadagi elchixonasi: +822-574-65-54, +822-577-36-60
- Uzbekistan Airwaysning Seuldagi vakolatxonasi: +822-722-68-56, +8232-744-37-00
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda barcha reyslarda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan. Har bir havo kemasida zamonaviy diagnostika va shaxsiy himoya vositalari, zarur bo‘lgan tibbiy preparatlar, hamda virusologiya sohasidagi sog‘liqni saqlash xodimlari va mutaxassislari mavjud.
Bu qatnovning yo‘lovchilari vaqtinchalik joylashtirish punktiga yuboriladi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar aeroportida yo‘lovchilarni kutib olmaslik so‘ralgan. Kelish vaqti haqida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Yo‘lovchilarning vaqtincha joylashtirish punktida turishi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik agentligining bosh qarorgohiga 71 276-49-66 telefon raqami orqali murojaat qilish mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter